Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ustma-ust 15 ta energetik ichimlik ichgan moskvalik erkak hayotdan ko‘z yumdi

Ustma-ust 15 ta energetik ichimlik ichgan moskvalik erkak hayotdan ko‘z yumdi

Moskva shahrida yashovchi 39 yashar D.Sh. ustma-ust 15 banka energetik ichimlik ichgach, ahvoli og‘irlashgan, deb xabar bermoqda Baza telegram-kanali.

Marhumning onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li 15 ta ichimlikni ichganidan so‘ng o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng erkakning tana harorati ko‘tarilib ketgan.

Ona o‘g‘lining xonasiga kirganda harakatsiz yotganini ko‘radi va maxsus xizmatlarga qo‘ng‘iroq qiladi. Bemorning joni uzilgani ma’lum bo‘lgach, bu haqda politsiyaga xabar beriladi.

«Aftidan erkakning holati birdan yomonlashgan va shu sababli tez yordamni chaqirishga ulgurishmagan ko‘rinadi. Oqibatda bemor hayotdan ko‘z yumgan», deb yozadi mahalliy nashrlardan biri.

Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan.

JSST energetik ichimliklar inson organizmi uchun xavfli ekani haqida ogohlantirib keladi. Energetik ichimliklar tarkibida kofein miqdori meyo‘ridan bir necha barobar yuqori bo‘lib, ularni ko‘p ichish yurak urishining tezlashishi (taxikardiya), qon bosimi ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va kamdan-kam hollarda o‘limga olib kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring