Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

USAID xodimlarining 97 foizi ishdan bo‘shatiladi

USAID xodimlarining 97 foizi ishdan bo‘shatiladi

Foto: Dzen

Oq uy AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning jahon bo‘yicha 10 mingdan ziyod xodimlarining 97 foizini ishdan bo‘shatib, 294 nafarini qoldiradi. Reuters agentligi qisqartirish rejasi bilan tanish to‘rt manbasiga asoslanib bu haqda xabar berdi.

3-fevral kuni Vashingtondagi USAID qarorgohi yopilgan edi. Tramp ma’muriyatining «maxsus xizmatchisi» Ilon Mask xarajatlarni qisqartirish doirasida agentlik yopilish jarayonida ekanini aytgan.

Avvalroq Wall Street Journal bergan xabarga ko‘ra, Oq uy sog‘liqni saqlash vazirligining minglab xodimlarini qisqartirish ustida ham ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring