Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan — OAV
Ukrainadagi urushdan qaytgan Rossiya armiyasi harbiy xizmatchilari ikki yil ichida kamida 107 nafar insonning hayotiga zomin bo‘lib, yuzdan ziyod rus fuqarolariga jarohat yetkazgan. Bu haqda «Vyorstka» nashri yozdi.
Ushbu jinoyatlar rossiyalik 175 nafar harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan bo‘lib, ularning 91 nafari urushga ketish sharti bilan qamoqdan chiqarilganlar, 84 nafari ko‘ngillilar yoki RF armiyasi harbiy xizmatchilari.
Ukrainadagi urush qatnashchilari Rossiyaga qaytgach, 2022-2023-yillarda kamida 84 ta jinoyatga qo‘l urgan, jumladan:
- 55 ta qotillik holati (RF JK 105-moddasi), shu jinoyatlarda jarohatlanganlar 76 nafar;
- 18 ta og‘ir tan jarohati yetkazish holati (RF JK 111-moddasi), oqibatda 18 kishi vafot etgan;
- 9 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holati (RF JK 264-moddasi), 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan;
- 2 ta giyohvand moddalarni iste’mol qilishga jalb etish holati (RF JK 230-moddasi), oqibatda voyaga yetmagan ikki nafar shaxs vafot etgan.
Qotilliklarga urushdan qaytgan sobiq mahkumlar eng ko‘p qo‘l urgani aytilmoqda. Tergovchilar 36 ta shunday jinoyatni qayd etishdi, jinoyatchilarning qurboniga aylanganlar soni 44 nafar. 19 ta qotillik holati urushga ko‘ngilli bo‘lib ketganlar yoki armiya harbiy xizmatchilari ishtirokida bo‘lib, ular Rossiyaning 32 nafar fuqarosi o‘limiga sababchi bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter