Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Urush Rossiya hududiga qaytadi» — Zelenskiy

«Urush Rossiya hududiga qaytadi» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush asta-sekin Rossiya hududiga qaytayotganini va bu muqarrar jarayon ekanligini aytdi.

Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videomurojaatida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush jarayoniga baho berdi.

«Bugun Rossiya ma’muriyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, bir yoki ikki hafta davom etishi kerak bo‘lgan maxsus harbiy operatsiyaning 522-kuni. Ukraina vaqt o‘tishi bilan kuchayib bormoqda. Urush Rossiya hududiga, uning ramziy markazlari va harbiy bazalariga qaytmoqda. Bu muqarrar, tabiiy va adolatli jarayondir», deydi u.

Avvalroq poytaxt meri Sergey Sobyanin yakshanbaga o‘tar kechasi dron hujumi uyushtirilgani, buning natijasida Moskva shahridagi ikkita bino biroz shikastlanganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, yakshanbaga o‘tar kechasi Ukrainaning Qrimdagi ob’yektlarga hujum qilish uchun ishlatgan 25 ta uchuvchisiz samolyoti yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring