Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulkan oyoqlar 16 yoshli o‘smirni Ginnessning rekordlar kitobiga olib kirdi

Ulkan oyoqlar 16 yoshli o‘smirni Ginnessning rekordlar kitobiga olib kirdi

Lars Motsa.

Foto: «Twitter»

«RIA Novosti» yozishicha, berlinlik 16 yoshli Lars Motsa katta oyoqlari tufayli Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi: u 57-o‘lchamli poyabzal kiyadi. Uning oyoq kafti uzunligi — 35 santimetr.

Do‘konlarda buncha katta oyoq kiyimni topish ilojsizligi bois o‘smir poyabzal yasovchilarga buyurtma bilan berishga majbur. Katta poyabzalning narxi ham o‘ziga yarasha, bir jufti — 1200 yevro turadi.

Oyog‘i kattaligi Larsga shuhratdan boshqa hech narsa keltirgan emas, ayrim sport turlari bilan shug‘ullana olmaydi. Haydovchilik guvohnomasi olishda muammo yuzaga kelmasaydi degan xavotiri ham yo‘q emas. Shunga qaramasdan, o‘smir o‘ziga xos rekordi bilan faxrlanadi, deyiladi «RIA Novosti» xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring