Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainani tark etganlar soni 5,5 milliondan oshdi

Ukrainani tark etganlar soni 5,5 milliondan oshdi

Foto: «NewsMaker»

Rossiya harbiy yurish boshlagan 24-fevraldan beri 5,5 milliondan ortiq kishi Ukrainani tark etdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ukrain qochqinlari yo‘l olgan mamlakatlar.
Xarita: BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi

Qaysi mamlakatga qancha ukrainalik qochqin ketgan?

  • Polsha — 3 056 826
  • Ruminiya — 825 874
  • Rossiya — 681 156
  • Vengriya — 530 157
  • Moldova — 447 604
  • Slovakiya — 379 447
  • Belarus — 25 002

Bundan tashqari, 18-fevraldan 24-fevralga qadar Donetsk va Lugansk viloyatlaridan 103 ming kishi Rossiyaga ketgan.

BMT ma’lumotlarida fevral oyida 653 mingdan ziyod, martda salkam 3,4 mln, aprelda 1,5 mln dan ziyod inson Ukrainadan chiqib ketgani ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring