Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainani o‘n kun davomida 1,5 million kishi tark etdi

Ukrainani o‘n kun davomida 1,5 million kishi tark etdi

Foto: RBK

Ukrainani tark etganlar soni o‘n kun ichida (urush boshlanganidan beri — tahr.) 1,5 million nafardan oshdi, deb bayonot berdi BMT.

Qo‘shni davlatlar chegaralariga eltuvchi yo‘llarda piyoda va mashinalarda ketayotgan son-sanoqsiz odamlar — bugungi Ukraina manzarasi.

BMT qochqinlar soni yanada oshishidan xavotirda: ularning soni 4 milliongacha yetishi mumkin...

Urushdan qochib odamlar Slovakiya, Vengriya, Moldovaga o‘tmoqda. Ruminiyaga Ukrainadan 63 ming nafardan ziyod odam qochib o‘tdi. Kimlardar bu mamlakatlarda qolishyapti, ayrimlari yo‘lda davom etyapti.

Qochqinlarni eng ko‘p qabul qilgan mamlakat — Polsha: shanba kuni qochqinlar soni 800 ming nafarga yetdi. Ular asosan ukrainaliklar. Biroq Polsha, O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Nigeriya, Jazoir, Marokash, Afg‘oniston, Pokiston, AQSh va Rossiya fuqarolari ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring