Ukrainalik amaldor MDHni «omadsizlar klubi» deb atadi
![Ukrainalik amaldor MDHni «omadsizlar klubi» deb atadi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3861705531.jpg)
Ukraina Bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantik integratsiya bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Kuleba MDHni «omadsizlar klubi» deb atadi.
Siyosatchi Hamdo‘stlikni Ukraina yevrointegratsiyasi uchun to‘siq deb hisoblamasligini ham ta’kidlagan.
«MDH — bu omadsizlar klubi. Biz esa omadlilar klubiga intilishimiz lozim. MDH — bu hali ham sivilizatsiyaga mos ravishda ajrala olmagan insonlar klubi»,-degan Kuleba.
Shuningdek, u MDH bu «yopilgan tarix» va «yakunlangan tarix» ekanligini ta’kidlagan. Ammo bu uning shaxsiy pozitsiyasi ekanini ham qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter