Ukrainada qamoqxonalar sotuvga qo‘yildi
Ukrainada rasmiylar tomonidan e’lon qilingan qamoqxonalarning «katta savdosi» doirasida uchta axloq tuzatish muassasi va ular joylashgan yerlar kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Avvalroq, Ukraina Adliya vaziri Denis Malyuska jazoni ijro etish muassasalarining «katta savdosi» boshlangani haqida e’lon qilgan edi. Ushbu savdoda jami 100 dan ortiq ob’yektlarni sotish rejalashtirilgan.
«Qamoqxonalarni xususiylashtirish doirasida yana ikkita – Lvov 48-sonli koloniyasi va 51-sonli Janubiy axloq tuzatish koloniyasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Auksion 2021-yil 3-iyunda bo‘lib o‘tishi kerak», degan Ukraina Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, Lvov 48-sonli axloq tuzatish koloniyasi ikki bosqichda xususiylashtirilmoqda: birinchisi – 10,6 gektar yer maydonida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari, boshlang‘ich bahosi 132,7 million grivna (taxminan 4,8 million dollar); ikkinchisi – 3 gektar yer maydonida joylashgan ko‘chmas mulk, uning boshlang‘ich narxi 3,4 million grivnadan (taxminan 123 ming dollar). Ushbu koloniya Lvovning markazida joylashgan.
2020-yil iyul oyi oxirida Ukraina Adliya vazirligi tugallangan va bo‘shatilgan qamoqxonalarni sotishni o‘tgan yozdayoq boshlashni rejalashtirgan edi, ammo bu amalga oshmadi.
2021-yil fevral oyida bo‘lim qamoqxonalarning «katta savdosi» doirasida birinchi ob’yekt – Kiyev yaqinidagi Kotsyubinskiydagi axloq tuzatish markazini sotuvga qo‘ygan. Ob’yektning boshlang‘ich narxi 220,2 million grivnani (deyarli 8 million dollar) tashkil etgan. Biroq, Adliya vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, narh keskin ko‘tarilib ketganligi sababli hech bir potensial xaridordan taklif qabul qilinmaganligi sababli qayta sotuvga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter