Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada millionerlar soni oshdi

Ukrainada millionerlar soni oshdi

Bu yil daromadlari 1 million grivnadan (27 ming dollar) oshgan Ukraina fuqarolari soni 9511 nafarga yetdi.

Bu haqda Oliy Radaning Moliya, soliq va bojxona siyosati qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansev o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

«2022-yilda rasmiy millionerlar soni 8177 nafardan 9511 nafarga ko‘paydi», — dedi Getmansev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyat Ukraina aholisining real daromadlari o‘sishni boshlaganini anglatmaydi. Shunchaki, ukrainaliklarning o‘zlari daromadlarini deklaratsiyalashda mas’uliyatni kuchaytirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring