Ukrainada bir yilda 462 nafar bola urush qurboni bo‘lgan
Ukraina bosh prokuraturasi shanba, 4-mart kuni Rossiyaning mamlakatga uyushtirgan keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Ukrainada kamida 462 bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Yana 930 nafar bola yaralangan yoki turli darajalarda tan jarohatlari olgan.
Bu raqamlar yakuniy emas. Bolalarni harbiy harakatlar joylarida, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda joylashtirish ishlari davom etmoqda.
Bolalar eng ko‘p Donetsk viloyatida – 445, Xarkiv viloyatida – 272, Kiyev viloyatida – 123, Xerson viloyatida – 90, Zaporoje viloyatida – 84, Nikolayiv viloyatida – 83, Chernigov viloyatida – 68, Lugansk viloyatida – 66 va Dnepropetrovsk viloyatida – 64 ta holatda jabrlangan.
Bu ma’lumotlar mamlakat Bosh prokuraturasining Ukrainada Rossiya qo‘shinlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqidagi navbatdagi hisobotida keltirilgan.
Hujjatga ko‘ra, hozirda prokuratura organlarida 72 620 ta harbiy jinoyatlar, shuningdek, milliy xavfsizlikka qarshi 17 mingga yaqin jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud.
Tergovchilar ushbu jinoyatlarda gumon qilinayotgan 639 nafar shaxsning ismini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ular orasida Rossiya vazirlari, deputatlar, harbiy rahbarlar, huquq-tartibot idoralari rahbarlari va Kreml ommaviy axborot vositalari targ‘ibotchilari bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter