«Ukraina uzoq kutilgan qarshi hujumni boshladi» – Rossiya mudofaa vazirligi
![«Ukraina uzoq kutilgan qarshi hujumni boshladi» – Rossiya mudofaa vazirligi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3950006643.png)
Kecha, 4 iyun kuni ertalab Ukraina armiyasi janubiy Donetsk yo‘nalishidagi beshta hududda keng ko‘lamli qarshi hujumni boshladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina 6 ta mexanizatsiyalashgan va 2 ta tank batalonlari bilan hujumga o‘tgan. Ukraina harbiylarining maqsadi – Rossiya kuchlarining frontdagi eng zaif nuqtasini yorib o‘tish bo‘lgan.
Rossiya mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olmagan. Javob zarbasi natijasida Ukraina kuchlarining 250 nafar askari, 16 ta tank, 3 ta zirhli piyodalar mashinasi va 1 ta zirhli jangovar mashina yo‘q qilingan.
Hozircha Ukraina qarshi hujumni boshlagani haqida izoh berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter