Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina uchun 800 ming snaryadga pul yig‘ildi

Ukraina uchun 800 ming snaryadga pul yig‘ildi

Ukrainaning ittifoqdosh davlatlari Chexiya tashabbusi bilan Ukraina uchun 800 ming snaryad sotib olish uchun zarur bo‘lgan pullarni yig‘ib bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Fevral oyida bo‘lib o‘tgan Myunxen konferensiyasida Chexiya prezidenti Petr Pavel Yevropadan tashqarida 800 ming snaryad topgani haqida e’lon qildi. 500 ming 155 mm kalibrli va 300 ming 122 mm kalibrli snaryadlarga ega davlatlar ularni sotishga tayyor ekanligini aytdi.

Chexiya mablag‘ yig‘ishni e’lon qildi va bu amaliyotni muvofiqlashtirmoqda. Chexiyadan tashqari, Germaniya, Fransiya, Polsha, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Latviya va Litva pul berishga tayyor.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftaning boshida mudofaa vazirlari va ushbu amaliyotda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar xaridlar tafsilotlari va yetkazib berish jadvalini muhokama qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring