Donetskdagi sudda xorijliklar o‘limga hukm qilindi
Donetskda Ukraina tomonida turib urushda qatnashgan xorijlik fuqarolarga hukm o‘qildi.
Eyden Aslin va Shon Pinner (Buyuk Britaniya) hamda Saadun Bragim (Marokash) o‘limga hukm qilindi, deyiladi «Interfaks» xabarida.
«Sud hukm chiqarishda nafaqat belgilangan me’yor va qoidalarga, balki asosiy, buzilmas tamoyil — adolatga suyandi. Aynan shuning asosida o‘lim jazosi ko‘rinishidagi favqulodda, qiyin va og‘ir qaror qabul qilindi», — dedi sudga raislik qilgan Aleksandr Nikulin.
Britaniyaliklar — Shon Pinner va Eyden Aslin Mariupolda aprel oyi o‘rtalarida asir tushgandi. Marokashlik Saadun Bragim esa martda Volnovaxada asir olingan.
Donetskdagi sudning o‘lim jazosi qarori keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Xususan, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liza Trass sudning o‘zini ham, qarorini ham soxta deb atadi: «Har qanday qonuniylikdan yiroq sud qarori. Ular (hukm qilinganlar) harbiy asirlar edi. Biz imkon qadar ularni qo‘llashda davom etamiz».
Nikulin «adolatli» hukm chiqargan sud uch kun davom etgan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter