Ukraina tan olinmagan respublika rahbarini 15 yilga hukm qildi
Ukraina sudi ayirmachi, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilinni sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi Telegram-kanalida ma’lumot berildi.
«Tan olinmagan DXR raxbari 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Pushilin Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish hamda bosqinchilar bilan hamkorlik faoliyatida ayblanmoqda.
Ta’kidlanishicha, ayblov uning buyrug‘i bilan respublikada Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilgani sababli qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pushilin Ukrainaning Donetsk viloyatida o‘zini mustaqil deya e’lon qilgan hududni 2018-yildan beri boshqarib keladi. Hudud 2022-yil 30-sentyabrda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter