Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya va Belarus bilan chegarada yuz minglab minalar o‘rnatdi

Ukraina Rossiya va Belarus bilan chegarada yuz minglab minalar o‘rnatdi

Ukraina Rossiya va Belarus bilan chegarada 500 ming mina o‘rnatdi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi matbuot xizmatining sobiq rahbari Vladislav Seleznev TCN agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu minalar Volin, Rovno, Jitomir va Kiyev viloyatlarida yer ostiga ko‘milgan.

«Bizga bundan ham ko‘proq minalar kerak», — deya ta’kidlangan Seleznev.

Shu tariqa Ukraina ushbu hududlardan bo‘ladigan tahdidlarni oldini olish niyatida. 

Avvalroq urush boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari minalardan tozalash guruhlari 9992 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini portlovchi moddalardan tozalagani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring