Ukraina qo‘shinlari bosh qo‘mondoni vafot etgani bo‘yicha xabar tarqaldi

Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning o‘limi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
«Uch hafta davomida shunday xabarlar tarqaldi. Hamma tirik», deya yozgan Malyar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zalujniyning o‘limi haqidagi gaplar Rossiya axborot makonida tarqalmoqda va yolg‘ondan o‘zga narsa emas.
Eslatib o‘tamiz, Valeriy Zalujniy 2021-yilda bosh qo‘mondon etib tayinlangan, Rossiya qo‘shinlari mamlakatga kirgandan buyon Ukraina armiyasini boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter