Ukraina Makeyevkadagi Rossiya armiyasining o‘q-dori omboriga zarba berdi

Kecha, 4 iyul kuni tunda Ukraina qurolli kuchlari Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk viloyatining Makeyevka shahridagi Rossiya armiyasi o‘q-dori omborini yo‘q qildi.
«Mudofaa kuchlari bo‘linmalarining samarali o‘t o‘chishi natijasida vaqtincha egallab olingan Makeyevkadagi rossiyalik terrorchilarning yana bir ombori o‘z faoliyatini to‘xtatdi», – deyilgan Ukraina qurolli kuchlari bergan xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina kuchlari Rossiya o‘q-dori omboriga HIMARS raketa tizimi bilan zarba bergan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ham Orexovo hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 47-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter