Ukraina hukumati ukrainalik sportchilarga rossiyaliklar qatnashayotgan turnirlarda qatnashishni taqiqladi
Ukraina sportchilari rossiyalik va belaruslik sportchilar ishtirok etadigan musobaqalarda qatnashmaydi. Bu haqda Ukraina Milliy olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi, hukumat vaziri Oleg Nemchinov ma’lum qildi.
Hukumat qarori barcha musobaqalarga, jumladan, 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga saralash musobaqalariga ham taalluqlidir.
«Biz faqat rossiyaliklar bo‘lmagan musobaqalarda qatnashish to‘g‘risida protokol qarorini qabul qildik. Shunga ko‘ra, ushbu mezonlardan tashqari ishtirok etish federatsiyani milliy maqomdan mahrum qilish uchun asos bo‘lishi mumkin», – deydi Nemchinov.
Hukumatning taqiqi qanday ishlashi haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Shaxsiy va jamoaviy startlardagi musobaqalar bir xil startda o‘tkazilishi mumkin - taqiq butun turnirga taalluqli bo‘ladimi-yo‘qmi noma’lum.
Avvalroq, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax, agar Rossiya va Belarus sportchilari yozgi Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga kiritilsa, Ukraina musobaqani boykot qilmasligiga umid bildirgan edi.
Joriy yilning 28 mart kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rossiyalik va belaruslik sportchilarga xalqaro musobaqalarda faqat neytral sportchi sifatida, shuningdek, Ukrainadagi maxsus operatsiyani qo‘llab-quvvatlamagan va qurolli kuchlar bilan aloqasi bo‘lmaganlarnigina ishtirok etishga ruxsat berishni tavsiya qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter