Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina BMT xalqaro sudiga murojaat qildi

Ukraina BMT xalqaro sudiga murojaat qildi

Dmitriy Kuleba.

Foto: Reuters

Rasmiy Kiyev BMT xalqaro sudiga Rossiyaning Ukraina hududlarini noqonuniy ravishda qo‘shib olishga urinishlari ustidan arz qildi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.

Moskvaning Ukraina hududlarini qo‘shib olishga urinishi xalqaro me’yorlarga zid ekanini ta’kidlagan vazir bu masala BMT xalqaro sudida imkon qadar tezroq ko‘rilishi lozimligini urg‘ulagan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 30-sentyabr kuni prezident Vladimir Putin «DXR», «LXR», Xerson hamda Zaporoje viloyatlari rahbarlari bilan bu hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzolagandi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi ushbu bitimlarning imzolanishi Ukrainaning suveren hududlari sanalgan Donetsk, Lugansk, Xerson hamda Zaporojening huquqiy maqomini o‘zgartirmasligi, mamlakat siyosiy chegaralari ham de-yure o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring