Ukraina askarining boshi uzib tashlangan video tarqaldi: nimalar ma’lum?
Internetda bir vaqtning o‘zida ikki dahshatli video paydo bo‘ldi: aftidan ukrainalik bo‘lgan harbiy xizmatchilarning boshi tanasidan uzib tashlangan. Taxminlarga ko‘ra, vahshiy qotilliklar Rossiya harbiylari tomonidan sodir etilgan, deb xabar bermoqda BBC.
Birinchi bir yarim daqiqalik videoda oq lentali (odatda Rossiya harbiylari Ukrainada shaxsini aniqlash uchun ishlatiladi) va niqobli harbiy kiyimdagi odamlar Ukraina nishoni tushirilgan formadagi tirik odamning boshini kesib tashlashgan.
Ulardan biri, ehtimol, rossiyalik harbiy ratsiya orqali muzokara olib boradi va ikkinchisiga (pichoq bilan qotillik qilgan) ko‘rsatmalar beradi. Barcha suhbatlar rus tilida olib boriladi.
Sariq lentali formadagi (Ukraina harbiylari tomonidan urush paytida foydalanilgan) asir yerga yotganicha qichqiradi va rahm so‘raydi: «Og‘riyapti! Yo‘q!» Yaqin atrofdagi odamlar pichoq tutgan sherigini olqishlaydi.
Asirning tiriklayin boshi kesib olinadi, shundan so‘ng: «Qopga tiqing *****. Uni qo‘mondonga yuboring», degan ibora yangraydi.
Videoning haqiqiyligi hali tasdiqlanmagan. Videoda yorqin yashil barglar ko‘rsatilgan, shuning uchun yozuv o‘tgan yili amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Deyarli bir vaqtning o‘zida tarmoqda Ukraina kiyimidagi boshi kesilgan askarlar tasvirlangan yana bir video paydo bo‘ldi.
Kadrlarda halokatga uchragan zirhli mashina yonida yerda yotgan ikki boshi kesilgan jasadni ko‘rish mumkin. O‘lgan askarlarning qo‘llari ham kesilgan.
Rossiya telegram kanallari videoni Baxmut hududida« Vagner» jangchilari tomonidan suratga olinganini taxmin qilmoqda.
Ukrainaning munosabati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videolarni sharhlar ekan, har bir dunyo yetakchisi bu vahshiylikka javob berishi kerakligini aytdi.
«Dunyoda hech kim e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan narsa bor: bu hayvonlar qanchalik oson o‘ldiradi. Ukrainalik mahbusning qatl etilishi aks etgan bu videoni dunyo ko‘rishi kerak. Bu Rossiyaning qanday bo‘lsa, shunday videosi... Bu epizod emas, avval ham shunday edi. Buchada minglab marta shunday bo‘lgan... Biz hech narsani unutmaymiz va qotillarni kechirmaymiz. Hammasi uchun qonuniy javobgarlik bo‘ladi », dedi u.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya harakatlarini Rossiyada taqiqlangan terrorchilik guruhlari bilan solishtirdi. Uning ta’kidlashicha, IShIDdan farqli ravishda Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi. «Rossiyalik terrorchilar Ukraina va BMTdan chiqarib yuborilishi va jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerak», deb yozdi Kuleba tvitterda.
Chorshanba kuni Ukraina xavfsizlik xizmati jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq urush qonunlari va odatlarini buzish moddasi bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qildi.
«Biz bu yirtqich hayvonlarni topamiz. Agar kerak bo‘lsa, biz ularni qayerdan bo‘lmasin: yer ostidanmi yoki narigi dunyodan, olib kelamiz. Ular qilgan ishi uchun albatta jazolanadi», dedi xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk.
Rossiyaning munosabati
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov videoga izoh berdi: «Biz yashayotgan soxta xabarlar dunyosida bu kadrlarning haqiqiyligini tekshirishimiz kerak».
«Birinchidan, videoning haqiqiyligi tekshirilishi kerak. Albatta, bu dahshatli kadrlar. Ammo u sodir bo‘lganmi yoki yo‘qmi, keyin qayerda va kim tomonidan — tekshiriligi kerak», dedi Vladimir Putinning rasmiy vakili.
Urush tarafdori bo‘lgan Rossiyaning qator telegram kanallari ukrainalik askarlarning boshi kesilgan tasvirning e’lon qilinishiga vazminlik bilan munosabat bildirishdi. Ba’zilar rossiyalik harbiylarning o‘ldirilishi aks etgan videoni esladilar, boshqalari o‘zlariga «bu kimga kerak va nima uchun bu video hozir paydo bo‘ldi» degan ruhda savol berishdi.
Tavsir bo‘yicha Donbassda Rossiya tomonida jang qilayotgan rossiyalik harbiy otryad komandiri Aleksey Milchakov ochiqroq bayonot berdi. «Hali bu kabi videolarning yana qanchasi asta-sekin e’lon qilinishidan hayron bo‘lasiz», deyiladi «DShRG Rusich» guruhining telegram kanalida. Xabar smaylik bilan birga e’lon qilingan.
Bu «Vagner»chilarning ishimi?
Gulagu.net inson huquqlari loyihasi asoschisi Vladimir Osechkinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi ukrainalik harbiy asir ekanligi taxmin qilinayotgan shaxsning videotasvirga olingan qatlida ishtirok etgan.
Osechkin, uning so‘zlariga ko‘ra, Norvegiyaga qochib ketgan sobiq «vagnerchi» Andrey Medvedev bilan bog‘langan va u videoda o‘z xizmatdoshlarini aniqlagan.
«U o‘sha yerdagi xizmatdoshlarini, «Vagner» XHK jangchilarini o‘ziga xos chaqiruv belgilari, gaplashish usuli, ratsiya orqali muloqot qilishda ovozidan aniqladi», dedi Gulagu.net asoschisi «Xodorkovskiy Live» Youtube kanalining efirida.
BMT Bosh kotibi «dahshatga tushdi»
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi harbiy qatl videosidan «dahshatga tushdi» va aybdorlar jazolanishini talab qilmoqda, — deydi BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.
«Afsuski, bu alohida hodisa emas», deb qo‘shimcha qildi Dyujarrik. Va u BMTning Ukrainadagi inson huquqlari monitoringi missiyasi ushbu dahshatli videolardan hayratda qolganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter