Uch oyda NASA astronavtining bo‘yi 5 santimetrga o‘sdi
![Uch oyda NASA astronavtining bo‘yi 5 santimetrga o‘sdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3651565968.jpg)
Amerikalik astronavt ayol Enn Makkleyn uch oydan beri Yer orbitasida. Shu uch oyda uning bo‘yi sezilarli ravishda o‘sibdi. Makkleyn skafandrni kiyib ko‘rganidan so‘ng buni yaqqol sezdi.
Earth will learn a lot during his busy week on @Space_Station - today he kept me company while we checked our suit sizing to account for space growth (I am 2 inches taller than when I launched!), then we did some translation adaptation. pic.twitter.com/A89tJauyQu
— Anne McClain (@AstroAnnimal) 4 marta 2019 g.
«Kosmosga parvoz qilgan paytimga nisbatan bo‘yim ikki dyuym (5 santimetrdan ko‘proq)ga cho‘zildi», — deb yozdi Makkleyn «Twitter»da.
Ilgari bunday holat yapon astronavti Norisige Kanai bilan ham sodir bo‘lgan — uning bo‘yi 9 santimetrga o‘sgan.
Aytish kerakki, «bo‘y o‘sishi» fazogirlarga xos «kasallik» — ular Yerga qaytishi bilan yana o‘z holiga qaytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter