Uch mamlakat BMTdan Falastin va Isroil bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi

Xitoy, Norvegiya va Tunis davlatlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotgani sababli BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi, deya xabar bermoqda Frans Press agentligi.
Qayd etilishicha, taklif qilingan yig‘ilish Isroil va Falastin vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
Agentlikning yozishicha, shu haftada BMT Xavfsizlik Kengashi virtual formatda ushbu masalaga bag‘ishlangan ikkita yopiq yig‘ilish o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastinning G‘azo sektori o‘rtasidagi chegarada vaziyat keskin tus olgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa hujumlari oqibatida olti nafar isroillik halok bo‘lgan va 200 dan ortiq kishi jarohat olgan. G‘azoda esa Isroil hujumlaridan 67 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter