Turkiyalik muxolifatchi Erdo‘g‘onga jarima to‘ladi
Sud Turkiyadagi yirik muxolifatchi partiya – Respublika Xalq partiyasi yetakchisi O‘zg‘ur O‘zelni jarimaga tortdi.
U Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga «shaxsiy huquqlarini poymol qilgani» uchun ma’naviy tovon sifatida 1,7 ming dollardan ko‘proq to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda Erdo‘g‘onning advokati Husayn Oydin X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni Kamol Kilichdarog‘lu Turkiya Jumhuriyati Xalq partiyasi raisi sifatidagi o‘z o‘rnini O‘zelga bo‘shatgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘on jarima pulini G‘azodagi yetim bolalarga hayriya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter