Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilziladan 65 soat o‘tgach 3 yoshli bola vayronalar ostidan qutqarib olindi

Turkiyadagi zilziladan 65 soat o‘tgach 3 yoshli bola vayronalar ostidan qutqarib olindi

Foto: «Anadolu»

Turkiyaning Izmir shahridagi zilziladan so‘ng uch yoshli bola qutqarildi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.

Elif Perinchek ismli qizaloqni turarjoy binolaridan birining vayronalari ostidan chiqarib olishdi. Bu zilzila boshlangandan so‘ng 65 soat o‘tgach sodir bo‘ldi. U hisob bo‘yicha qutqaruvchilar chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan jabrlanuvchilarning 106-si hisoblanadi.

Bolani shifoxonalardan biriga joylashgan. Elifning oilasi yuz bergan voqeani haqiqiy mo‘’jiza deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabr kuni kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 13:31 (Toshkent vaqti bilan 16:31)da Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida ba’zi binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolib ketgan.

Sal avval zilzila natijasida 85 kishi olamdan o‘tgani, 994 kishi jarohatlangani to‘g‘risida xabar bergandik. 220 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarda davolanmoqda. Izmirda qulab tushgan sakkizta bino vayronalarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring