Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi yangi zilzilada yana qurbonlar berildi

Turkiyadagi yangi zilzilada yana qurbonlar berildi

20-fevral, dushanba kuni Turkiyaning Hatay viloyati Defne tumanida Toshkent vaqti bilan soat 22:04 da 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilziladan keyin 32 ta yer silkinishi kuzatilgan, ularning eng kattasi 5,8 ballni tashkil qilgan.

Mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 24 fevral soat 02:00 holatiga yangi qayd etilgan zilzila oqibatida uch nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, vayronalar ostida qolgan fuqarolar ham bor.

AFAD favqulodda vaziyatlarda 42 ta xabarnoma olgan, 213 nafar fuqaro atrofdagi turli shifoxonalarga yotqizilgan.

Hududda qidiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring