Turkiyadagi eng katta masjidning ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Turkiyadagi eng katta masjid «Chamlija» shu yil 10-iyun kuni Qadr kechasida ochilishi kutilayapti. San’at galereyasi, kutubxona, majlislar zali o‘rin olgan inshootning shu paytgacha 98 foizi qurib bitkazildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Besh yil avval qurilishi boshlangan masjidning balandligi 77,7 metr. Namozgohda bir vaqtning o‘zida 63 ming kishi ibodat qilishi mumkin. Masjid tabiiy ofatlar paytida 100 ming kishiga boshpana bo‘la oladi. Masjidning 72 metr uzunlikdagi asosiy gumbazi Istanbulda yashovchi 72 millatni ifoda etadi, 34 metr gumbazi esa tarixiy shaharning ramzidir.
Masjidning umumiy maydoni 107,1 ming m2, 90 metr balandlikdagi 6 ta minorasi bor.
Masjid majmuasida 11 ming m2 maydonda turk-islom asarlari muzeyi, 3,5 ming m2 maydonda esa san’at galereyasi o‘rin oladi. Majmuaning yerto‘lasida 3,5 mingta avtomobil sig‘adigan turargoh bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter