Turkiyada zilzila oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Avvalroq Turkiyaning g‘arbiy qismida zilzila sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Turkiya g‘arbida joylashgan Izmir shahrida zilzila oqibatida qulab tushgan binolar ostidan kamida 70 kishi chiqarib olindi, deya ma’lum qildi rasmiylar.
«Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 nafar jabrlanuvchini chiqarib olishdi», — deya xabar berdi Izmir viloyati gubernatori Yavuz Selim Kyoshger NTV telekanali efirida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila natijasida olti kishi halok bo‘ldi va 202 dan ziyod kishi jarohatlangan.
Juma kuni kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 13:31 (Toshkent vaqti bilan 16:31)da Turkiya g‘arbida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Izmir viloyatining Seferixisar shahar hududiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter