Turkiyada epidemiyaga qarshi qoidalarga rioya etilishi ustidan eng katta tekshiruv boshlandi
Turkiya ichki ishlar vazirligi butun mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi qoidalarga rioya etilishi ustidan bugun, payshanba kuni katta tekshiruvni boshladi.
IIV rahbari Suleyman Soyluning ta’kidlashicha, Turkiya tarixida epidemiya nazorati bo‘yicha bunday keng ko‘lamli tekshiruv hali o‘tkazilmagan.
Bozorlar va do‘konlar, savdo markazlari, korxona va tashkilotlar, restoranlar, oshxonalar, jamoat transporti, taksi, yo‘llar — hammasi chig‘iriqdan o‘tkaziladi. Tekshiruvga katta-katta amaldorlar: viloyatlar va shaharlar hokimlari jalb etilgan.
Turkiyada koronavirus ilk marta 10-mart kuni qayd etilgandi.
So‘nggi uch kunda Turkiyada virusni yuqtirish bo‘yicha holatlar o‘sishi kuzatildi — kuniga mingdan ortiq insonda kasallik aniqlanyapti. «Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyada koronavirusni yuqtirish holatlari jami 236 112 taga yetgan, 219 506 nafar (93 foiz) bemor sog‘aygan, vafot etganlar — 5 784 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter