Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada dovul tufayli minora qulab tushdi (video)

Turkiyada dovul tufayli minora qulab tushdi (video)

Turkiyada kuchli to‘fon tufayli Chankiri shahridagi Bademli masjidining ikki minorasidan biri qulab tushdi. Minora qulagan lahza videoga muhirlandi.

Bir minora butunlay vayron bo‘lgan, ikkinchisi o‘rnida qolgan. Minora qulagan paytda ko‘chada hech bo‘lmagan, shuning uchun hodisa qurbonlarsiz bo‘ldi. To‘xtab turgan ikkita mashina shikastlangan. Hududga qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish brigadalari yuborilgan.

«Boshqa minorada ham muammolar bor, u chayqalib turibdi. Shuning uchun biz ehtiyot choralarini ko‘rdik», — dedi Chankiri hokimi.

Bo‘ron tufayli shahar markazida daraxtlar qulab tushdi, ba’zi binolarning tomlari uchib ketdi. Shuningdek, joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lgan.

Chankiri Anqaradan 140 km shimoli-sharqda joylashgan. Qadimda bu shahar Germanopolis nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Shanba kuni Turkiyaning ko‘plab hududlarida bo‘ronlar kuzatildi. Antaliyaning Kemer hududida shamol tezligi soatiga 118 kilometrga yetdi. Ma’lum qilinishicha, sohillarda ulkan to‘lqinlar paydo bo‘lib, daraxtlar qulab tushgan.

Dovul tufayli Antaliyada ham minorali binolarda favqulodda holat yuz berdi. Chitliqli masjidi minorasining konusi uchib ketgan. U yaqin atrofdagi apelsin bog‘iga borib tushdi, deya xabar beradi Sozcu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring