Turkiya: zilziladan 163 soat o‘tib, ayol va bola qutqarildi

Turkiyadagi zilziladan 163 soat (6 sutka va 13 soat) o‘tib, ayol va bola qutqarildi, deb xabar berdi Anadolu Agency.
62 yoshli Nazife Yilmaz G‘oziantepning Nurdag‘i shahridagi uy xarobalari ostidan, Mustafo ismli 7 yoshli bola esa Hatayda qutqarilgan.
Avvalroq Nazife Yilmaz qutqarilgan Nurdag‘i shahri to‘liq buzib tashlanishi va qaytadan qurilishi haqida xabar bergandik. Ushbu shaharda odamlar qidirilishi davom etayotgan 8 ta uy qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter