Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya: zilziladan 163 soat o‘tib, ayol va bola qutqarildi

Turkiya: zilziladan 163 soat o‘tib, ayol va bola qutqarildi

Foto: Anadolu Agency

Turkiyadagi zilziladan 163 soat (6 sutka va 13 soat) o‘tib, ayol va bola qutqarildi, deb xabar berdi Anadolu Agency.

62 yoshli Nazife Yilmaz G‘oziantepning Nurdag‘i shahridagi uy xarobalari ostidan, Mustafo ismli 7 yoshli bola esa Hatayda qutqarilgan.

Avvalroq Nazife Yilmaz qutqarilgan Nurdag‘i shahri to‘liq buzib tashlanishi va qaytadan qurilishi haqida xabar bergandik. Ushbu shaharda odamlar qidirilishi davom etayotgan 8 ta uy qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring