Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya prezidenti Putinning «Erdo‘g‘on dumini likillatmaydi» degan gapiga javob qaytardi

Turkiya prezidenti Putinning «Erdo‘g‘on dumini likillatmaydi» degan gapiga javob qaytardi

Foto: «RIA»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning maqtoviga munosabat bildirdi va Anqara bilan Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni baholadi.

Avvalroq Putin Erdo‘g‘on bilan ba’zi masalalarda turli qarashlarga egaligini, ammo, shunga qaramay, Turkiya rahbari so‘zida turishini, «dumini likillatmasligini» ta’kidlab o‘tgandi.

«Putinning bu gaplari o‘ziga ham taalluqlidir. Men u bilan tanishganimdan beri, uni shunday bilaman. U to‘g‘ri odam, so‘zida turadi. Munosabatlarimizning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, amalda hech qaysi davlat bilan bunchalik mustahkam aloqalarga ega emasmiz, bu juda kam uchraydigan holatdir. Umid qilamanki, munosabatlarimiz kelgusida ham davom etadi. Agar savdo balansimizga nazar solsangiz, o‘z maqsadlarimiz sari qat’iy borayotganimizni ko‘rasiz»,dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring