Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya chempionatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Turkiya chempionatida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)

Turkiya chempionatida  «Fenerbahche» futbolchilari uchrashuvdan keyin «Trabzonspor» muxlislari bilan mushtlashib ketishdi.

Turkiya Superligasining 30-turidan o‘rin olgan «Trabzonspor» – «Fenerbaxche» uchrashuvi (2:3) mehmon jamoa futbolchilari va mezbonlar muxlislari o‘rtasidagi janjal bilan yakunlandi.

«Fenerbaxche» 87-daqiqada hal qiluvchi gol urib, g‘alaba qozondi.

Final hushtagi yangraganidan so‘ng «Fenerbaxche» futbolchilari g‘alabani maydon markazida hissiyot bilan nishonlashdi, bu esa mezbon jamoa muxlislariga yoqmadi. Ular maydonga yugurib tushishib, futbolchilar bilan mushtlashuvga kirishib ketishdi.

Turkiya chempionati turnir jadvalida «Fenerbaxche» 79 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Trabzonspor» 49 ochko bilan uchinchi band qilgan. Birinchi o‘rinni 81 ochko to‘plagan «Galatasaroy» egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring