Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turarjoy binosidagi yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi

Turarjoy binosidagi yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohatlandi

Foto:«RTL»

Parijning Erlanj ko‘chasidagi joylashgan turarjoy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Ulardan birining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Bu haqda Fransiyaning «RTL» radiostansiyasi xabar berdi.

Mazkur yong‘in qoq yarim kechasi yuz bergan,  sababi hali ma’lum qilingani yo‘q. 200 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchilar voqea joyida ishlamoqda. Xavf ostidagi fuqarolar evakuatsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring