Tunisda xudkush ayol o‘zini portlatib yubordi
Tunis poytaxti Tunis shahridagi eng gavjum ko‘chalardan birida bir xudkush ayol o‘zini portlatib yubordi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.
Portlash Tunis shahrining Habib Burgiba ko‘chasida joylashgan teatr binosi oldida sodir bo‘lgan.
Politsiya xodimlari portlash sodir bo‘lgan hududni o‘rab qo‘yishgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter