Tungi klubdan o‘g‘irlab ketilgan qiz 20 kun it qafasida saqlandi
Ismi oshkor qilinmagan xitoylik sayyoh qiz Filippindagi tungi klubdan o‘g‘irlab ketilib, 20 kun davomida it qafasida saqlangan. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shanxaylik fuqaro Anxeles shahrida hujumga uchragan. Keyinroq qizning sevgilisi politsiyaga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, telefoniga noma’lum raqamdan video yuborilgan, unda qizning beysbol tayog‘i bilan kaltaklangani qayd etilgan. Shuningdek, hujumchilar 180 ming funt to‘lov talab qilishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi jinoyatchilardan qochishga muvaffaq bo‘lgan, shundan so‘ng politsiya uni topib olgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari xodimlari sayyoh qiz saqlangan uyga borishgan, biroq gumonlanuvchilar qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari bu xonada bir nechta yostiq va ichida chelak bo‘lgan tor it qafasi borligini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter