Trampning sobiq maslahatchisi qamaldi, ammo muhimi bu emas
Kolumbiya okrugi (AQSh) federal sudi siyosiy maslahatchi, sobiq prezident Donald Trampning katta maslahatchisi Stiven Bennonni Kongressga hurmatsizlik ko‘rsatgan, deb topdi.
Jazo: Bennon 4 oyni qamoqda o‘tkazib, 6,5 ming dollar jarima to‘laydi.
Stiven Bennon 2021-yil 6-yanvaridagi voqealar (o‘shanda Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirishgandi) bo‘yicha, garchi chaqiruv qog‘ozi olsa ham, guvohlik berish uchun parlament komissiyasiga kelmagan. U avval bir necha martalab guvohlik berganman, deb bahona qilgan. Suddan so‘ng uning advokatlari hukm yuzasidan shikoyat qilishlarini aytishdi.
Amerika sudlari mustaqilligiyu, sudyalarining irodasiga qoyil! Bennonni qamagan Karl Nikolsni sudyalikkka prezident Donald Tramp olib kelgandi — Bennon bilan maslahatlashganmikan, qiziq?..
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter