Trampning mag‘lubiyatini bashorat qilgan ekstrasens COVIDning qachon tugashini ma’lum qildi
Avvalroq pandemiya va AQSh prezidenti saylovlarida Donald Trampning mag‘lub bo‘lishini oldindan ma’lum qilgan britaniyalik ekstrasens Nikolas Aujula 2021 va 2022-yillar bo‘yicha o‘z bashoratlarini e’lon qildi, deb yozadi «The Sun».
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda undan koronavirus va pandemiyaning qachon tugashi haqida tez-tez so‘rashmoqda.
Aujula yangi yildan so‘ng vaziyat barqarorlashini, yuqtirish darajasi esa 2021-yil bahorda nazorat ostiga olinishini bashorat qilgan.
Uning fikriga ko‘ra, koronavirus va u bilan bog‘liq cheklovlar atrofidagi vahima 2022-yilgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter