Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning jiyani amakisi sabab o‘z familiyasidan voz kechmoqchi

Trampning jiyani amakisi sabab o‘z familiyasidan voz kechmoqchi

Foto:«Yahoo News»

Meri Tramp, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning jiyani, o‘z familiyasidan voz kechmoqchi. Bu haqda u «ABC News»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Meri Tramp amakisini omma oldida tanqid qilgan, u haqida salbiy esdalik yozgan va mamlakatga «behisob zarar» yetkazganini ta’kidlagan. 

«Agar kerak bo‘lsa, familiyamni o‘zgartirishga tayyorman»,- dedi u. Ayolning fikricha, bu familiyaga singib ketgan salbiy ma’nolar uning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

Meri shuningdek, Melaniya Trampning Donald Tramp bilan ajrashmoqchi ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarga ham o‘z qarashlarini bildirdi. Ular ajrashishmaydi, ammo bu borada Donald Trampning ayrim ishlari sababchi ham bo‘lib qolishi mumkin, deydi AQSh sobiq rahbarining qarindoshi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring