Trampning Grenlandiyaga qiziqishi neft va gaz zaxiralari bilan bog‘liq – Politico
Trampning Grenlandiyaga qiziqishi orolning neft va gaz zaxiralari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Politico nashri o‘z taxminlarini ilgari surmoqda.
Nashr, shuningdek, Grenlandiyaning neft va gaz konlarini ekspluatatsiya qilish tog‘-kon kompaniyalari uchun katta biznesga aylanishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Reuters esa, avvalroq Tramp Grenlandiyani g‘arbiy yarimsharda o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun sotib olishga jiddiy kirishayotganini yozgandi.
Jumladan, Tramp jamoasidagi rasmiylardan biri «Grenlandiyani sotib olish» rejasi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonilganidan keyin tuzilgan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxatida ekanligini da’vo qilgan.
Trampning o‘zi esa grenlandiyaliklar AQShga qo‘shilishdan foyda ko‘radi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ushbu hudud chegaralarini qo‘riqlaydi va «uni yovuz tashqi dunyodan himoya qiladi».
The Hill gazetasi esa Grenlandiya «savdosi» amalga oshgan taqdirda bu NATOning tugashini anglatadi, deb yozadi. Nashrning qayd etishicha, bunday harakat Xitoy tomonidan ehtimoliy «Tayvanga bostirib kirish» uchun asos sifatida ishlatilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter