Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Trampga uchinchi suiqasdning oldi olindi» — sherif

«Trampga uchinchi suiqasdning oldi olindi» — sherif

Kaliforniyada AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning mitingi o‘tayotgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan hududda qurollangan erkak qo‘lga olindi.

Hodisa 12 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan. Erkak nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lga olingan. U Las-Vegasning 49 yoshli Vam Miller ismli fuqarosi bo‘lib chiqdi.

Politsiya uning yonidan ov miltig‘i va o‘qlangan to‘pponcha topdi. U noqonuniy qurol saqlagani uchun hibsga olingan. Huquq-tartibot idoralarining aniqlik kiritishicha, hodisada Tramp va tadbirning boshqa ishtirokchilari xavfsizligiga hech qanday ziyon yetmagan.

«Biz yana bir suiqasdning oldini olgan bo‘lishimiz mumkin», dedi sherif Bianko. Uning so‘zlariga ko‘ra, Miller hukumatga qarshi guruh a’zosi.

FQB voqea Trampga suiqasdga urinish bilan bog‘liqligini hali tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatidagi saylovoldi uchrashuv payti AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga qarshi suiqasd uyushtirilgani xabar qilingandi. O‘shanda 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ismli shaxs tomonidan otilgan o‘q Trampning o‘ng qulog‘ini «yalab» o‘tgan. Siyosatchi yengil jarohat olgan, mergan esa otib o‘ldirilgandi.

Ikki oy o‘tib, 15 sentyabr kuni qurollangan amerikalik Rayan Uesli Rout AQSh prezidentligiga nomzodga suiqasd uyushtirishga urinishda ayblanib, qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring