Tramp va Kim Chen In yakuniy kelishuvga erisha olmadilar
AQSh pezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In Xanoyda kechgan sammitda yadro qurolidan to‘liq voz kechish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erisha olmaganlar. Ammo Oq Uy matbuot kotibi Sara Sandersning aytishicha, uchrashuvdagi muloqot konstruktiv tarzda kechgan.
«Ular yadrosizlantirish yo‘li bo‘yicha turli masalalarni muhokama qildilar» deya qo‘shimcha qilgan Sanders.
Sammitda Shimoliy Koreya tomoni yadrosizlanishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Oq Uy matbuot kotibining aytishicha, umumiy masalaning hal qilinmagani keyingi uchrashuvlarga ham yo‘l ochishi mumkin.
Hozirda har ikkala rahbar ham Vetnam poytaxtidagi sammit bo‘lib o‘tgan mehmonxonani tark etishgan.
Avvalroq, Tramp KXDR kelajakda Kim Chen In bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishishini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter