Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Kim Chen In nimalarni muhokama qiladi?

Tramp va Kim Chen In nimalarni muhokama qiladi?

Foto:«Reuters»

Donald Tramp va Kim Chen In ikki davlat o‘rtasidagi «yangi aloqalar»ni muhokama qiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Koreya markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, uchrashuvda keng ko‘lamli fikr almashilishi kutilayapti.

Donald Tramp va Kim Chen In ikki davlat o‘rtasidagi yangi aloqalarni, Koreya yarimorolida tinchlikni o‘rnatish, mintaqani yadro qurollaridan xoli hududga aylantirish masalalarini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlari kecha Singapurga yetib kelgan edi. Tramp bundan avval Kanadada o‘tkazilgan «G7» (katta yettilik) sammitida qatnashgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring