Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumiga munosabat bildirdi

Tramp Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumiga munosabat bildirdi

Foto: Charly Triballeau/AP

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirganiga munosabat bildirdi. The Independent uning so‘zlarini keltirmoqda.

«Qarang, Ukrainada nima bo‘lyapti. Ular Rossiyaga shiddat bilan kirishdi. Uchinchi jahon urushi bo‘ladi», — dedi Tramp.

Trampning fikricha, Ukrainaning Rossiya hududiga hujumi yangi jahon urushi boshlanishi ehtimolini har qachongidan-da oshirgan.

U an’anasiga sodiq qolib, Jo Bayden va uning atrofidagilarni qoralagan — aynan ularning noqobilligi tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring