Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp saylansa Rossiyaga nima bo‘ladi?

Tramp saylansa Rossiyaga nima bo‘ladi?

Rossiya Fanlar akademiyasining Xavfsizlik tadqiqotlari markazi yetakchi tadqiqotchisi, siyosatshunos Konstantin Bloxin 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonsa nimalar bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlarini aytdi.

Unga ko‘ra, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar bir qadar o‘zgarishi mumkin. Biroq, amaldagi hukumatning sobiq Amerika yetakchisiga qarshi kurashi mamlakatning demokratik kelajagini shubha ostiga qo‘yadi.

«U uchun (Tramp - tahr.) Ukraina oxiridan birinchi o‘rinda, bu shunchaki katta geosiyosiy o‘yinda savdolashish vositasi. Savol shundaki, avval prezident bo‘lish kerak va shundan keyingina Amerika tashqi siyosatining trayektoriyasini o‘zgartirishga harakat qilish lozim, chunki Tramp oxirgi marta buni qilishga uringanida hammasi noto‘g‘ri bo‘ldi: ikki marta impichmentga urinish, uni irqchi va putinist deya atashdi», deydi Bloxin.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda AQSh fuqarolarining qariyb 60 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlaydi.

Trampning saylanishi Rossiyaga katta yordam bermasligi ham mumkin, chunki uning birinchi davri rasmiy Moskva uchun katta syurprizlarga boy bo‘lmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring