Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp qayta saylansa Ukrainaga ajratilayotgan milliardlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Tramp qayta saylansa Ukrainaga ajratilayotgan milliardlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi

AQShning 45-prezidenti va yangi muddatga da’vogar Donald Tramp Ukrainaning Amerikadan yordam so‘rashidan noroziligini bildirdi. U mamlakat prezidentligiga qayta saylangan taqdirda bu masalani ko‘rib chiqishga va’da berdi.

«Zelenskiy, ehtimol, barcha davr siyosatchilarining eng buyuk sotuvchisi. Har gal AQShga kelganida 60 milliard dollar bilan chiqib ketadi... Keyin esa vataniga qaytib, yana 60 milliard dollarga muhtojligini e’lon qiladi va hokazo. Men bu bilan shug‘ullanaman», – deydi Tramp Michigan shtatining Detroyt shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi kampaniyasida.

Tramp Oq uyni Ukrainaga harbiy yordam berayotgani uchun bir necha bor tanqid qilgan. Aprel oyida u respublikachilar Kiyevga «milliardlab dollar sovg‘a» o‘rniga kredit berishni ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Bir oy oldin sobiq prezident Yevropa Ukrainaga AQShga qaraganda taxminan 100 milliard dollar kam sarflayotganini ta’kidlagan edi. Bu amerikalik soliq to‘lovchiga nisbatan adolatsizlik, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

U, shuningdek, prezident lavozimiga kirishganidan keyin 24 soat ichida Rossiya-Ukraina mojarosiga barham berishini bir necha bor ta’kidlab keladi. The Telegraph nashrining yozishicha, janob Tramp Rossiya-Ukraina mojarosi rejasini ishlab chiqqan. Uning tafsilotlari noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring