Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp-Putin muzokaralari 18 mart kuniga rejalashtirilgan – Reuters

Tramp-Putin muzokaralari 18 mart kuniga rejalashtirilgan – Reuters

Tramp 18-mart, seshanba kuni Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.

Reuters nashrining yozishicha, bu haqda Trampning o‘zi ma’lum qilgan.

«Men prezident Putin bilan seshanba kuni gaplashaman. Dam olish kunlarida juda ko‘p ishlar qilindi. Biz bu urushni tugatishimiz mumkinligini ko‘rmoqchimiz. Balki qila olamiz, balki qila olmaymiz, lekin menimcha, bizda juda yaxshi imkoniyat bor», – degani AQSh prezidenti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, u, xususan, Putin bilan hududlar va elektr stansiyalari ustidan nazorat masalalarini muhokama qilish niyatida.

«O‘ylaymanki, buning ko‘pchiligi har ikki tomon – Ukraina va Rossiya tomonidan allaqachon muhokama qilinmoqda. Biz hozirda ba’zi aktivlarni taqsimlash haqida gapiryapmiz», – deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring