Tramp Pompeoning Shimoliy Koreyaga tashrifini bekor qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning Shimoliy Koreyaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda u o‘zining «Twitter»ida ma’lum qildi. Pompeoning tashrifi keyingi haftaga belgilangan edi.
«Men Davlat kotibi Mayk Pompeodan Shimoliy Koreyaga bu safar bormaslikni so‘radim. Chunki biz Koreya yarim orolining denuklearizatsiyasi masalasida yetarlicha o‘sishga erishmayapmiz», − deb yozgan Tramp.
U, shuningdek, KXDR rahbari Kim Chen Inga «o‘zining eng yaxshi tilaklari va hurmatini bildirishini» ta’kidlagan.
«U bilan tez orada uchrashaman, deb umid qilaman», − deya qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter