«Tramp maxfiy hujjatlar ishi yuzasidan Mayamidagi sudga kelganida hibsga olindi» – CNN
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Mayamidagi federal sud binosida hibsga olindi va maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlashda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Bu sudya tomonidan ayblov e’lon qilinishidan oldingi rasmiy jarayon, shuning uchun sobiq prezidentning qo‘liga kishan solinmagan, deya ta’kidlagan telekanal.
O‘z aybiga iqror bo‘lish Trampga prokuratura bilan kelishuvga erishish va yengilroq jazoga tortilish imkonini berar edi. Biroq u Mayami sudida maxfiy hujjatlar bilan noto‘g‘ri ishlashda aybdor emasligini aytgan.
Tramp o‘z aybiga iqror bo‘lmagani uchun ish qaytadan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Florida janubiy okrugi sudining elektron ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan ayblov xulosasiga ko‘ra, AQSh huquq-tartibot idoralari Tramp va uning yordamchisi Uolt Nautaga 38 ta band bo‘yicha ayblov qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, AQShning sobiq prezidenti joriy yilning 4 aprel kunida ham hibsga olingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter